Sirdaryo tumani hokimligi Matbuot xizmati

Bo‘lim ishi hokimlik va unga hisobdor idoralarning faoliyatini, tumanda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni yoritishga hamda jamoatchilik bilan aloqalarni o‘rnatish va tashkilotning media bo‘shlig‘ida to‘g‘ri o‘rin egallashiga qaratilgan.

Matbuot xizmatining ustuvor vazifalariga quyidagilar kiradi: Rasmiy veb-sayt, ommaviy axborot vositalari, telegram-kanal, Facyebook sahifasi, hamda boshqa axborot manbalari, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifing va press-turlarni tashkil qilish orqali hokimiyat faoliyati haqidagi axborotlarni muntazam, to‘liq va o‘z vaqtida berib borish;

OAV bilan o‘zaro faoliyatni tashkil qilish, o‘tkazilayotgan tadbirlar, qabul qilinayotgan hujjatlar va hokimlik faoliyatiga oid boshqa so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim qilish;

Axborot bo‘shlig‘ining monitoring va tahlilini olib borish, jamiyatda keng muhokama qilinayotgan voqea-hodisalar va mavzularga munosabat bildirish.

———–

Telefon: 90-400-20-7099-632-80-40

Elektron pochta: info@sirdaryo.uz

Telegram-kanal: https://t.me/Sirdaryotumanpress

Feysbuk-sahifa: https://www.facebook.com/sirdaryotumanpress

Instagram-sahifa: https://www.instagram.com/sirdaryo_tumani_hokimligi

YouTube: youtube.com/channel/UCgP76mJvnvh89EWs_R4j_mA