Sud va Xalq qabulxonasi hamkorligida fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi

Sirdaryo viloyatining tuman va shaharlarida jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko‘paygan mahallalarda profilaktika ishlarini jonlantirish hamda «Аyollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam berishga qaratilgan sayyor qabullar rejasiga asosan bugun Sirdaro tumanining «Adolat» mahallasining aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.


Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo tumani Xalq qabulxonasi mudiri T.Karimov, Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudi raisi U. Kurbanov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudi sudyasi Sh. Maxammatqulova hamda Sirdaryo tuman «Adolat» MFY raisi R.Ataev ishtirok etdi.

«Ochiq muloqot» tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda «Sud-huquq tizimini isloh qilishning mohiyati», «Odam savdosi, chaqaloq savdosi», yuzasidan korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolar o‘rtasida ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, poraxo‘rlik kelajak kushandasi kabi mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi.

Xususan fuqarolar Sh. Arslanova, Sh Mamasaidova, L. Suyunova hamda G. Asanovalarning murojaatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

U. Kurbanov, Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan